TIQXMMI yangiliklari

img
24.11.2023

Xalqaro ko'rgazmaga sayohat

Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishlari uchun joriy yilning 24 - noyabr sanasida "TIQXMMI" MTU  “Gidromelioratsiya” fakultetining 1-kurs SXM va ATBR yo'nalishi  faol talabalari “O’ZEXPOMARKAZ” da tashkil etilgan "Qishloq xo’jaligi, Oziq-ovqat sanoati va qadoqlash ishlari" xalqaro ko’rgazmasiga sayohat uyushtirildi.

Ular o’z tashrifi davomida qishloq xo’jaligi mahsulotlari, oziq-ovqat sanoati, qadoqlash bo’yicha bir qator uskunalarni ko’zdan kechirib o’rganib chiqdilar. Bu ularda katta taassurot qoldirdi. Sababi, ular o’z sohalariga tegishli yangiliklardan boxabar bo’lishdi va xalqaro ko’rgazmalar haqida kerakli ma’lumotlarni olishdi. 

“Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutori D.Axrarovaning axboroti

Universitet matbuot xizmati