TIQXMMI yangiliklari

img
15.02.2024

Xalqaro konferensiyada faollik

BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiga koʻra, 2016-yildan beri 11-fevral kunini “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin- qizlar kuni" sifatida nishonlab kelinishi munosabati bilan 2024-yil 10-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universtitetida“Barqaror taraqqiyot: ilm-fan va biznesda xotin-qizlar tashabbuslari” IV xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiyada universitetimiz "Iqtisodiyot" kafedrasining katta o'qituvchisi Dilnavoz Shavqidinova "Koreya Respublikasida Ayollarni Intellektual Rivojlantirish Tajribalari" mavzusida ilmiy ma'ruza qildi.

Ma'ruzada Koreya Respublikasida ayollarning intellektual va iqtisodiy salohiyatini oshirish bo'yicha tajribalar haqida statistik ma'lumotlar asosida hukumat qarorlari, chora tadbirlari va amaliy harakatlarining tahlillari taqdim etildi. Ma'ruza anjuman qatnashchilarida katta qiziqish uyg'otdi va kelajakda bu haqda hamkorlikda ilmiy ishlar qilinishi haqda takliflar bildirildi. Anjumanda Hindiston, Yaponiya, Xitoy, Koreya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlardan olimlar va davlat tashkilotlarining mutassadilari ishtirok etdilar. Kelgusida konferensiyada amalga oshirilgan networking tadbirlari kafedra va fakultetda xalqaro hamkorlik ishlarida foyda keltiradi. 

Iqtisodiyot fakulteti ma'lumoti