TIQXMMI yangiliklari

img
05.03.2024

Xalqaro hamkorlik hududlari kengaymoqda

Universitetning xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari va hududlarini kengaytirish, Rossiya Federatsiyasining “UNIGREEN ENERGY” MCHJ bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professori A.Mirzabayev universitet rektorining 2024-yil 19-fevraldagi 18 x/s sonli buyrug‘iga asosan 21-fevraldan 1-martga qadar Moskva shahrida bo‘lib qaytdi.

Xizmat safari davomida Rossiya Federatsiyasining eng ilg‘or korxonasi “UNIGREEN ENERGY”ning zamonaviy uskunalari va yangi innovatsion yechimlari hamda korxonada hamkorlik qilish imkoniyatlari o‘rganildi. Universitetimiz talaba-magistrlari amaliyotlari va ilmiy stajirovkalarni korxonada tashkil etish bo‘yicha og‘zaki kelishuvlarga erishildi. Shuningdek safar davomida Moskva shahrida joylashgan “MEI” milliy tadqiqot universiteti direktori Tatyana Aleksandrovnaning taklifiga binoan universitet jamoasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Bundan tashqari universitet tashabbusi bilan tashkil etilgan ХХХ xalqaro talaba va aspirantlarning “Radioelektronika, elektrotexnika va energetika” nomli ilmiy-texnik konferensiyada ishtirok etildi.

Mazkur safar davomida erishilgan ijobiy natijalar universitetimiz xalqaro hamkorligini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi degan umiddamiz.

Ma’lumot beruvchi “ETvaQTEM” kafedrasi assistenti N.Abdug‘aniyev

Universitet matbuot xizmati