TIQXMMI yangiliklari

img
15.02.2023

Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti  Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekpluatatsiyasi” kafedrasi mudiri dotsent Berdishev Abduraxim Suleymanovich xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida 2023 - yil 15 - fevral kuni Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahridagi TOP-1000 reytingiga kiruvchi S.Sayfulin nomidagi Qozoq agrotexnika universitetiga tashrif buyurdi. U yerda “Energetika” fakulteti Qishloq xo‘jaligi energiya ta’minoti yo‘nalishi 3 - kurs talabalari uchun “Elektr uskunalar montaji” fanidan “Kuch elektr qurilmalarini montaj texnologiyasi” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Universitet matbuot xizmati