TIQXMMI yangiliklari

img
01.12.2022

Xalqaro aloqalarni mustahkamlash yo‘lida bir qadam

2022 yil 24-29 noyabr kunlari Moskva shahrida stajirovkada bo‘lib turgan universitetimizning “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi mudiri R.K.Oymatov va kafedra dotsenti S.N.Abduraxmonovlar va Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (MIIGAiK) rahbariyati va fakultet dekanlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda halqaro faoliyat bo‘yicha prorektor Shvedova Svetlana Viktorovna, Geodeziya fakulteti dekani Polovnev Oleg Valentinovich, Kartografiya fakulteti dekani Zagrebin Gleb Igorevich, Hududlarni boshqarish fakulteti dekani Zozulya Vadim Vladimirovichlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida universitetlar o‘rtasida Geodeziya, kartografiya, geoinformatika va kadastr sohalari doirasida o‘quv, ilmiy va uslubiy faoliyatlarni yanada mustahkamlash bo‘yicha tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi. Jumladan, R.Oymatov va S.Abduraxmonovlar tomonidan universitetdagi fakultetlar va ularning tarkibidagi kafedra faoliyatlari to‘liq o‘rganilgan holda soha rivoji uchun zaruriy fikrlar almashinildi.

Olib borilgan ikki tomonlama aloqalar doirasida geodeziya, kartografiya sohasi bo‘yicha ilmiy maqolalar tayyorlash, mustaqil izlanuvchilar va doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilish, Geodeziya fani bo‘yicha o‘quv amaliyotlarini tashkil qilishda har ikki tomon universitet talabalarini jalb qilish, qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalar olib borish, xalqaro konfrensiyalar tashkil qilish, hamkorlikda ilmiy loyihalarda ishtirok etish, kafedralar va talabalar uchun seminar-trening o‘tkazish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashunivi kabi masalalar bo’yicha fikr almashildi. Ushbu uchrashuvni tashkil qilishda yaqindan yordam bergan Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (MIIGAiK) halqaro faoliyat bo‘yicha prorektor Shvedova Svetlana Viktorovnaga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Ma’lumot beruvchi “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi mudiri R.K.Oymatov