TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2023

Xalq konstitutsiyasi xalqchil davlat sari

Dastlab, Toshloq tumanidagi “Nayman” MFYda joylashgan Madaniyat markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan "Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari" shiori ostida taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar, san’atkorlar va "Ma’rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda "Ma’rifat" targ‘ibotchilaridan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti - miliy tadqiqot universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Zuhra Ismailova, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Musallam Abdujabborova hamda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktyori Rasuljon Qodirxonovlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar joriy yil 30 aprel kuni respublikamizda bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida barchani o‘zlarining fuqarolik pozitsiyasini namoyon etgan holda faol ishtirok etishga chaqirdi. Shundan so‘ng, yosh san’atkorlar ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.

Universitet matbuot xizmati