TIQXMMI yangiliklari

img
28.11.2023

Vengriyaning Obuda universitetida tahsil olish bo’yicha vebinar tashkil etildi

Joriy yilning 28 noyabr kuni Vengriyaning Obuda universitetida “Geoinformatika” mutaxassisligi bo’yicha magistratura bosqichida tahsil olish bo’yicha vebinar tashkil etildi. Ushbu vebinar universitetning Vengriya OTMlari bilan hamkorlik masalalari bo’yicha mas’ul xodimi Ilxom Abduraxmanov tashabbusi bilan “Yer resurlari va kadastr” fakulteti dekanati va magistratura bo’limi bilan hamkorlikda markazlashgan holda “Geoinformatika” qo’shma tadqiqot markazida tashkil etildi. Soha bo’yicha bitiruvchi bosqich talabalari hamda magistrantlar qatnashgan ushbu vebinarda asosiy taqdimot Vengriyaning Obuda universiteti professori Tomas Yancho tomonidan amalga oshirildi.

Vebinarda “Yer resurlari va kadastr” fakultetining faol talabalari hamda magistrantlari faol ishtirok etishdi. Mazkur vebinardan ko’zlangan maqsad Obuda universiteti va ushbu universitetda mavjud “Geoinformatika” bo’yicha magistraturada tahsil olish uchun qo’yiladigan talablar, universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o’qitiladigan fanlar, bitirgandan keyin ish bilan ta’minlanish imkoniyatlari, Vengriya hukumatining “Stipendium Hungaricum” grant dasturi va u orqali magistraturada to’liq grant asosida o’qish imkoniyati bilan tanishtirishdan iborat.

Tashkil etilgan tadbir qiziqarli savol javoblarga boy tarzda o’tib, unda iqtidorli talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Ma’lumot uchun: Vengriyaning “Stipendium Hungaricum” va boshqa dasturlari bo’yicha Vengriya OTMlarida, jumladan Obuda universitetida tahsil olish masalalari yuzasidan universitetning Vengriya OTMlari bilan hamkorlik masalalari bo’yicha mas’ul xodimi Ilxom Abduraxmanovga (ilhom.isakovich@tiiame.uz) murojaat qilishingiz mumkin. Manzil: Geoinformatika qo’shma tadqiqot markazi, 11-bino (9 qavatli bino), 5-qavat, 508-xona.

Universitet matbuot xizmati.