TIQXMMI yangiliklari

img
05.10.2023

Vengriyaning Obuda Universitetida Magistratura va Doktoranturada taxsil olish imkoniyatlari

Joriy yilning 28-sentabr sanasida “Qishloq xo’jaligi texnika va texnilogiyalari” kafedrasi bilan hamkorlikda 4 kusr talabalari uchun Ingliz tili kafedrasi v.b.dotsenti Go’zal Eshchanova tomonidan Vengriyaning Obuda Universitetida Magistratura va Doktorantura yo’nalshlari bo’yicha ta’lim dasturlari haqida seminar-trening tashkil qilindi.

Tashkil qilingan taqdimotda “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti va Vengriyaning Obuda Universiteti o’rtasidagi mavjud hamkorlik, Erasmus+ loyixalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Go’zal Eshchanova Vengriya Stipendiyasi (Hungaricum Stipendium) tanlovi haqida, tanlovda ishtirok etish uchun talab qilinuvchi hujjatlar va O’zbekiston Respublikasidan tanlovda yiliga yetarli miqdorda nomzodlarni grant asosida qabul qilinishi haqida atroflicha yoritib o’tdi.

Eng asosiysi, Vengriyaning Obuda Universitetida Magistratura va Doktoranturada taxsil olish istagini bildirgan tanlov nomzodlaridan IELTS 6 Band va shu kabi tan olinuvchi B2 darajadagi xalqaro sertifikat talab qilinishi va ta’lim yo’nalishlari bo’yicha mashg’ulotlar ingliz tilida olib borilishi haqida ma’lumot berildi.

Eng asosiysi, Go’zal Eshchanova talabalarga xalqaro imtixonlarga registratsiyadan o’tish va imtixon topshirish, ingliz tilidan ko’nikmalarni yaxshilash bo’yicha universitetda kurs tashkil qilinishi va nomzodlarni qo’llab quvvatlash bo’yicha aniq takliflar va rejalarga to’xtalib o’tildi.