TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2023

Vengriyada ilmiy stajirovka

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2021 yil 29 noyabr - 2 dekabr kunlari Vengriya Respublikasining delegatsiya tashrifi davomida erishilgan kelishuv natijalariga muvofiq mazkur yilda Vengriya Qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universitetiga ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan maqsadli tanlov eʼlon qilingan.

Mazkur tanlovda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti tayanch doktoranti Shoergashova Shobegim Sharof qizi ham ishtirok etdi va tanlov gʼolibi bo‘ldi.

Hozirda tayanch doktorant Szarvas shahrida joylashgan Vengriya Qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti qoshidagi Baliqchilik va akvakultura ilmiy-tadqiqot institutining (HAKI) “Aquaculture and Fisheries” bo‘limida ilmiy stajirovkasini olib bormoqda.

       Universiteti matbuot xizmati