TIQXMMI yangiliklari

img
16.10.2023

Vazir topshirigi amalda

2023 yil 14 oktabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vaziri akademik, I.Yo‘.Abduraxmonovning Markazga tashrifi doirasida berilgan topshiriqlar hamda 2023 yil 22 iyuldagi 91-sonli bayonnoma ijrosi yuzasidan, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institute” Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ro‘zimurod Choriуev tashrif buyurdi.

Tashrif davomida R.Choriуev Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holatini, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashkil etishdagi ijobiy yutuqlar, afg‘on yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq to‘garaklar faoliyatlari, xalqaro tashkilotlar bilan amalga oshirilgan ishlarni hamda markazning obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlaridagi tajriba, ijobiy yutuqlar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng prorektor R. Choriyev Markaz rahbariyati bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan kelgusida afg‘onistonlik mutaxasislar uchun ushbu o‘quv muassasasi huzurida irrigatsiya yo‘nalishida qisqa va uzoq muddatli o’quv kurslar tashkil orqali ularni malakasini oshirishga kelishib olindi.

Manba: https://uzaf.uz/