TIQXMMI yangiliklari

img
11.01.2024

Vataning tinch - sen tinch

 Joriy yilning 9 dekabr sanasi kuni "Toshkent  irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti"  Milliy tadqiqot universiteti  "Gidromelioratsiya" fakulteti 1-bosqich talabalari bilan 3- ma’ruzalar zalida 14 – yanvar "Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘ishlangan  tadbir o‘tkazildi.  Vatanni himoya qilish, uni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir. Ushbu sharafli vazifani harbiylarimiz va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari amalga oshiradilar. Ularning kechani kecha, sovuqni sovuq demay yurt himoyasi, uning osoyishtaligi uchun qalqon bo'lishlari sabab bugun barchamiz tunlari  orom olib, kunduzlari xotirjammiz.

Shu sababli ham ularni qancha ulug'lasak, qancha e'zozlasak shuncha oz. Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan "Gidromelioratsiya"  fakulteti tyutori D.Axrarova boshchiligda 1-kurs talabalari bilan  Mudofaa vazirligi xodimlar bo’lmi boshlig’ning o’rinbosari podpolkovnik Sardor Bozorov bilan davra suhbati olib borildi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bo’lib o’tdi. Mudofaa vazirligi xodimlar bo’lmi boshlig’ning o’rinbosari podpolkovnik Sardor Bozorov o‘zining kasbga bo‘lgan sadoqati, ish jarayonidagi  voqealar  hamda Vatan himoyachisi bo'lish eng sharafli va oliy kasb ekanligini, jismoniy va ma’naviy jihatdan shu kasbga loyiq bo‘lish, Vatan himoyasi hayot-mamot masalasi ekanini, ularning turish-turmushi, el-yurt taqdiri shu nuqtada tutashishini anglab etishlari zarurligi haqida talabalar bilan o‘rtoqlashdi va harbiylarga berilayotgan imkoniyatlar haqida  so‘zlab berdi. Talabalarimiz  o‘zlarini qiziqtirgan  bir qancha savollarni berdilar va bu tadbir juda ham ko‘tarinki kayfiyatda  o‘tkazildi.  

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarova axboroti
Universitet matbuot  xizmati