TIQXMMI yangiliklari

img
06.02.2023

Vatan ko'ksidagi hikmat Navoiy

Joriy yilning  4- fevral kuni "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tomonida Buyuk o'zbek shoiri, mutafakkir, davlat  arbobi  Alisher Navoiy tavalludining 582- yilligiga bag'ishlab e'lon qilingan "Vatan ko'ksidagi hikmat Navoiy" insholar ko'rik - tanlovi o'tkazildi. Ko'rik - tanlovni  Yoshlar masalalari va ma'naviy- ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor R. Choriyev ochib berdilar va talabalarga omadlar tiladi. Shundan so'ng fakultet dekani B.Hasanov talabalarimizga omad tilab, g'oliblar taqdirlanadi va tanlov adolatli o'tishiga ishonch bildirdilar. Talabalarning insho yozishlari uchun dekan o'rinbosari A.Azimov, fakultet tyutori D.Xursandova va ko'rik-tanlovga mas'ul “O'zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o'qituvchisi Ra'no Kodirovalar sharoit yaratib ularning yozma ishlarini adolatli tashkillashtirdilar.

“O'zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o'qituvchisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati