TIQXMMI yangiliklari

img
13.01.2024

Vatan himoyasi muqaddas burch

Respublikamizning barcha joylarida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan bir qancha tadbirlar o'tkazilmoqda. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot fakultetida ham bayram tadbirlari bo'lib o'tdi. Fakultet yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan erta tongdan barcha yuqori kayfiyat bilan, harbiy sadolar ila kutib olindi. Fakultet faol qizlari tomonidan tayyorlangan kreativ tabriknomalar tashrif buyurgan professor o'qituvchilar hamda talabalarga tarqatildi. Har bir xonalarga va auditoriyaga bayram kayfiyati ulashildi. Fakultet faol qizlari jamoasi universitetimiz rahbariyati, professor o'qituvchilarni bayram bilan samimiy muborakbod etadi. Bayramingiz muborak aziz vatan himoyachilari! 

VATAN-or timsoli, VATAN-nomus, shon, Nomus bilan aziz sanalgay inson. Sen oringga qoʻrgʻon, or-senga qoʻrgʻon, Oringni-boringni asra hamisha!

Fakultet faollarining tadbirlari davom etadi. 

Iqtisodiyot fakulteti yoshlar  yetakchisi Avazbek Rajabov maʼlumoti.