E'lonlar

12.01.2024

Vatan himoyasi muqaddas

Universitetimiz erkaklar jamoasini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Barcha sohalarda kabi ta’limda ham jonbozlik ko‘rsatayotgan aka-ukalarimiz hech shubhasiz Vatan himoyasidagi kishilardir. Hayotini ona yurt himoyasi uchun yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlagan siz, azizlarga o‘zimizning yuksak hurmat va ehtiromimizni bildiramiz. 

BAYRAM MUBORAK BO’LSIN!

 Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan universitetning asosiy tadbiri 16-yanvar kuni soat 13.30da Madaniyat saroyida boshlanadi. 

Fakultetlar tadbirlari:
11-yanvar – Yer resurslari va kadastr, Ekologiya fakultetlari
12-yanvar – Gidromelioratsiya, Energetika fakultetlari
13-yanvar – Gidrotexnika qurilishi
15-yanvar – Iqtisodiyot fakulteti
16-yanvar –Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash fakulteti

BARCHANI BAYRAM  TADBIRLARIGA TAKLIF ETAMIZ!