TIQXMMI yangiliklari

img
13.01.2024

Vatan himoyasi - eng oliy burch va sharaf

Yoshlarda vatanparvarlik hissini uyg‘otish, ularda Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘usini oshirish maqsadida "Gidromelioratsiya" fakulteti 2-kurs talabalari ishtirokida 14 - yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan  "Vatan himoyasi - eng oliy burch va sharaf" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi xodimlari podpolkovnik Axmanov O‘tkirjon Muxammadalievich, kapitan Karakulov Muhiddin Usmanovich ishtirok etishdi.  

"Vatan himoyasi - eng oliy burch va sharaf"  mavzusida tashkil etilgan uchrashuvda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar e’tirof etildi. Podpolkovnik Axmanov O‘tkirjon Muxammadalievich tomonidan Qurolli Kuchlar tizimida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar holati, yaratilgan shart-sharoitlar xususida ma’lumot berildi.  

Universitet matbuot xizmati