TIQXMMI yangiliklari

img
10.01.2024

Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan davra suhbati

1993 yil 29 dekabr kunidan buyon O'zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb nishonlanib kelinadi.  Vatanni himoya qilish, uni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir. Ushbu sharafli vazifani harbiylarimiz va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari amalga oshiradilar. Ularning kechani kecha, sovuqni sovuq demay yurt himoyasi, uning osoyishtaligi uchun qalqon bo'lishlari sabab bugun barchamiz tunlari  orom olib, kunduzlari xotirjammiz.

Shu sababli ham ularni qancha ulug'lasak, qancha e'zozlasak shuncha oz. Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan "Gidromelioratsiya"  fakulteti 1 kurs talabalari bilan tyutori A.Shonazarov boshchiligda Mudofaa vazirligi xodimlar bo’lmi boshlig’ning o’rinbosari podpolkovnik S.Bozorov bilan davra suhbati olib borildi va talabalar o’zining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.  Davra suhbati qiziqarli va mazmuli bo’lib o’tdi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori  A.Shonazarov axboroti

Universitet matbuot xizmati