TIQXMMI yangiliklari

img
19.01.2023

Vatan bizning nomusimiz orimiz

         Joriy yilning 17 yanvar kuni “TIQXMMI” MTU Xor jamoasi a'zolari bilan universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova va  GTQ fakulteti tyutori A.Xaydarovlar ishtirokida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Vataning tinch – sen tinch" shiori ostida talaba yoshlarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlar va an'analarga sodiq bo'lish hamda Vatanni madh etuvchi qo'shiqlarni o'rganish va ijro etish malakasini shakllantirish maqsadida tadbir tashkil etildi. Tadbirda barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi. I.Zaripov, M.Shonurmonova, R.To'lqinova, J.G'ulomov, Sh.Orziqulov, M.Temirova, М.Murtazayevalar o'z ijrochilik faoliyatlarini yaqqol namoyish eta olishdi. Yig'ilish ishtirokchilari tadbir davomida olgan taassurotlari orqali yangi o'quv yiliga kuch-g'ayrat, shijoat bilan kirishib, yangi kuy-qo'shiqlar yaratib, universitetimiz professor-o'qituvchi, xodim va talabalarini ko'ngillarini shod etishadi deb umid qilamiz.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati