TIQXMMI yangiliklari

img
09.12.2022

Vaqt hayot demakdir

Joriy yilning 7-dekabr  kuni SXTE va B fakulteti 206-*guruh talaba yoshlari bilan universitet psixologi M.K. Muhammedova, SXTE va B fakulteti tyutori G. Shodiyevalar talabalardagi deviant xulq atvorni oldini olish va profilaktika qilishga qaratilgan “Hayot yagona”deb nomlangan tadbir tashkil etishdi. Tadbir avvalida Alloh insonga umrni bekorga bermagani,oltindan qimmat vaqtimizni  huda-behuda ishlar, kayfu safo va bekorchilik, dangasalik va tamballik, telefon o'yinlari-yu, internetdagi kazino o'yinlari bilan zoye qilish uchun emas, balki, xayrli amallar, foydali ishlar, elu yurtga manfaat keltiradigan hamda oxirat uchun zaxira bo'ladigan buyuk ishlarni amalga oshirish uchun berilgani haqida ma'lumotlar berib o'tildi.

Tadbir davomida “G'azabga xat”, “Salbiy ta'sirga qarshi turishni o'rganamiz”, “Menga sizning (xususiyatingiz) yoqadi”, “Mening negativ va pozitiv xususiyatlarim”, “Fikr orqali pozitiv hissiyotlarni uzatish”, “Sehrli quticha”  kabi trening mashg'ulotlari o'tkazildi. Tadbirda barcha talabalar faol qatnashishdi. Ayniqsa: Said, Kamila, Hasan, Zafar, Kamila, Fotima va guruh tyutori Gulbahor Azamovnalar faol qatnashishib yig'ilish ishtirokchilarida yaxshi taassurotlar uyg'ota olishdi.  

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti