TIQXMMI yangiliklari

img
04.02.2023

Uy - muzeyga sayohat

Joriy yilning 3-fervral kuni "TIQXMMI" MTU "ENERGETIKA" fakulteti 107-guruh talabalari tyutor Abdullayev. B ishtirokida Sergey Borodinning memorial uy muzeyiga sayohat uyushtirishdi. Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Sergey Borodin uy-muzeyi 1981-yilda tashkil etilgan. Ushbu muzey XX asr oʻrtalarida yashagan va 1950-1974-yillarda bir qator yirik tarixiy prozaik janrlar muallifi rus yozuvchisi Sergey Borodin xotirasiga bagʻishlangan. Muzey adabiy ekspozitsiyasining ikkita zali adib hayoti va ijodiy faoliyatining asosiy bosqichlarini oʻz ichiga oladi. Talabalar uning ijodi, kutubxonasi, asarlari va sayohatlari haqida keng maʼlumotga ega boʻlishdi. Umid qilamizk, talabalar uchun esda qolarli sayohat boʻldi. Vaqtlarini qiziqarli va mazmunli o'tkazishganidan talabalarimiz xursand boʻlishdi va juda mamnun ekanliklarini bildirishdi.

"ENERGETIKA" fakulteti 1-bosqich talabasi T. Shukurullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati