TIQXMMI yangiliklari

img
30.09.2023

Ustozlarni qutlaymiz!

Davlatimiz rahbarining ta’limga e’tibori o’qituvchilarga bo’lgan hurmati bilan uyg’un. “TIQXMMI” MTU “Qishloq xo‘jalik texnika va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Tulegen Abdullayev ham o’zining fidoyiligi bilan alohida ajralib turadi. U 1962 yilda TIQXMMI ni tugatib,  institutda assistent lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. 1975 yilda fan nomzodligi ilmiy darajasini olgan. T.Abdillayev mehnat faoliyati davomida talabalarga Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash yo‘nalishida ta’lim olayotgan bakalavr va magistrlar bilan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini yuqori ilmiy-metodik saviyada o‘tkazib kelmoqda. 200 dan ortiq diplom loyihalari va bitiruv malakaviy ishlari hamda 50 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan.O‘quv fanlari yangi standartlarini yaratishda, o‘quv rejalarini va namunaviy dasturlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etib kelmoqda. Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarni bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlagan.

T. Abdillayev tashabbusi bilan magistrlar tayyorlash  uchun qishloq xo‘jaligi  mashinalarida yangi texnik yechimlar  fani o‘quv rejasiga kiritilgan. Fanlar bo‘yicha o‘quv uslubiy va me’yoriy hujjatlar tayyorlashda faol ishtirok etib kelmoqda. U tomonidan 220 dan ortiq ilmiy-metodologik ishlar chop etilgan. Ularning orasida oliy va o‘rta maxsus ta’limi uchun 6 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta patent hamda 30 tadan ortiq  metodik ko‘rsatmalar tayyorlangan.

T.Abdillayev kafedra dotsenti sifatida jamoadagi professor-o‘qituvchilarni ilmiy, izlanishdagi faoliyatiga alohida e’tibor bilan qarashi natijasida kafedraning ilmiy salohiyatining o‘sishida muhim sezilarli siljishlarga erishilmoqda. Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi sifatida faol ishlab. Oliy malakali mutaxassislar tayyorlashga o‘zining ulushini qo‘shib kelmoqda.

Ba’zan, kechirimlilik fazilatlari qattiqqo‘lligi soyasida qolib ketadi. Shu bilan birga ahdining mustahkamligi  yo‘lida  murosasizdir.  Fidoiy,  kamtarin  va  izlanuvchan  xodim  sifatida talabalar va hamkasblari orasida hurmat qozongan. 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan “Do‘stlik” ordeni  bilan taqdirlangan.

Universitet matbuot xizmati