TIQXMMI yangiliklari

img
25.09.2023

Ustozlarni qutlaymiz!

Professor o’qituvchilarimiz orasida turli millat vakillari bir oila farzandlaridek birgalikda faoliyat yuritishmoqda. Bu esa maqsadlarimizning mushtarakligi Yangi O’zbekistonni birgalikda quramiz degan yurtboshimiz fikrlariga hamohanglikdir.

Kan Eduard Klimentiyevich 37 yillik umumiy ish stajiga ega bo’lib, sundan ilmiy pedagogik ish staji - 25 yil, bo‘lib  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”  Milliy tadqiqot universitetida 19 yildan beri  mehnat qilib kelmoqda.

  

U texnika fanlari nomzodi, “Nasos stansiyalari va gidroelektr stansiyalari” kafedrasining dotsеnti sifatida talabalarga  ilm berishni o’ziga sharaf deb biladi. Dars mashg’ulotlari jarayonida ta’limning sifati masalasiga alohida e’tibor bilan qaraydi. Eng muhimi, u o’z kasbini sevadi, ardoqlaydi, shu yo’lda sobitqadamlik bilan ish tutadi.

“O’qituvchi va murabbiylar kuni” bilan ustozni samimiy tabriklaymiz hamisha sog’u omon bo’lsinlar. Barcha orzularining ro’yobini ko’rsinlar deya istak bildiramiz. Ishda va oilada omad va muvaffaqiyatlar yor bo’lsin!

Universitet matbuot xizmati