TIQXMMI yangiliklari

img
22.09.2023

    Ustozlarni qutlaymiz!

Ilm, taʼlim va muallim so‘zlari hamisha muqaddaslik kasb etadi. Ali ibn Abu Tolibning shunday so‘zlari bor: “O‘qishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir”. Mana shu kitobning qulfiga kalit topib, ilk harflarni o‘rgatuvchi zotlar albatta ustozlarimizdir. Ustoz o‘z kasbiga qalb qo‘ri bilan kirishmasa, murabbiylik yo‘lida hech qanday yutuqlarga erisha olmaydi. Umrini shu sohaga bag‘ishlagan ustoz esa hamma joyda bir xil — oddiy va kamtargina bo‘lishiga qaramasdan respublikamiz bo‘ylab bir qator shogirdlar yetishtirgan samimiy ustozlar doimo ehtiromga loyiq. Ana shunday nisbatlarga xos ustozlardan biri qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Sobirjon Isayevdir.  

      

Ular “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasining professori sifatida faoliyat yurita turib, O‘zbekiston respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining “Suv xo‘jaligi aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanish asnosida talabalarga ilm sirlarini o‘rgatmoqdalar.

Biz Sobirjon Isayevni universitetimiz jamoasi nomidan “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz, hamisha baxt, omad hamroh bo‘lishini tilaymiz.

         Universitet matbuot xizmati