TIQXMMI yangiliklari

img
22.09.2023

Ustozlarni qutlaymiz!

Har yili davlatimiz rahbari o‘qituvchilarni mehrli dil izhorlari bilan qutlay turib, taʼlim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini umumxalq bayrami — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadilar. “Ushbu qutlug‘ ayyomda siz, zahmatkash ustozlarga ko‘nglimizda, yuragimizda bo‘lgan yuksak hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarni so‘z bilan to‘liq ifoda etish qiyin, albatta. Chunki sizlar dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yaratish, uni xalqimizga, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga bezavol yetkazish yo‘lida chinakam fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilayotgan ulug‘ insonlarsiz” - deya samimiy istaklarini bildiradilar. Ayniqsa, xorijiy tillarni o‘rgatuvchi ustozlarning vazifasi jiddiy va zalvorli ekanini uqtirishlari bejiz emas.

 “Ingliz tili” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 28 yillik pedagogik faoliyatiga ega, yigirmadan ortiq Ingliz tilini o‘qitish fani bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar, 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi Feruza Umarova fidoyi o‘qituvchilarimizdan. Biz universitet jamoasi nomidan kasbiy bayramimiz munosabati bilan Feruzaxon Umarovani samimiy tabriklaymiz. Hamisha sog‘u omonlik va omad hamroh bo‘lishini tilaymiz.

Universitet matbuot xizmati