TIQXMMI yangiliklari

img
22.09.2023

Ustozlarni qutlaymiz!

O‘qituvchi va domlalar, tarbiyachi va murabbiylar, ilm-fan sohasi xodimlari uchun munosib sharoit yaratish, ularning mashaqqatli mehnatini rag‘batlantirish, moddiy taʼminotini yaxshilash borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilishini taʼkidlash doimo Prezidentimizning diqqat markazida bo‘lgan. Denmuxammadiyev Aktam Mavlonovich o‘z kasbiga mehr qo‘ygan ustozlardan biridir. 2017-yildan – hozirgi vaqtgacha “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaliginini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.

  

Hozirgi kunda 38 yillik mehnat faoliyati davomida Denmuxammadiyev Aktam Mavlonovich tomonidan 3 ta o‘quv qo‘llanma va 3 ta monografiyalar hamda 100 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

Kasbiy bayramlari munosabati bilan samimiy tabriklaymiz. Har doim sog‘-omon bo‘lib o‘z ishiga sadoqat, shogirdlariga mehr, ilmu taʼlimda sobitqadamlik yor bo‘lishini tilaymiz.

     Universitet matbuot xizmati