TIQXMMI yangiliklari

img
21.09.2023

Ustozlarni qutlaymiz!    

Prezidentimizning “O‘qituvchini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman” - degan purmaʼno hikmatlari murabbiy va ustozlarga bo‘lgan samimiyat va ehtiromning belgisidir. Shunday ekan, universitetmizda xizmat qilayotgan ustozlarni sharaflash va tabriklash bizning burchimizdir.       

“Kasbingizni seving, kamol topasiz,”- deydi Matkarim Ibragimov – “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasida prof. v.b., t.f.n. 51 yillik mehnat faoliyati davomida 2 ta darslik, 14 ta o‘quv qo‘llanma va 150 dan ortiq ilmiy maqolalarim ana shu niyatlarimning hosilasidir.

      

Yaqin yillarda “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan Matkarim Ibragimovni “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan sidqidildan tabriklaymiz, barcha yaqinlari baxtiga hamisha sog‘ omon bo‘lsinlar!       

Matkarim Ibragimov “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasida prof. v.b., t.f.n. Mehnat faoliyatini “TIQXMMI” MTU da 1972-yil oktyabrdan “Elektr yuritmalar va qishloq xo‘jaligida elektr energiyasini qo‘llash” kafedrasida assistent lavozimidan boshlagan. 

O‘tgan yillar davrida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlagan va hozirgi kunda kafedrada professor vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelmoqda.    

Hozirgi kunda 51 yillik mehnat faoliyati davomida Matkarim Ibragimov tomonidan 2 ta darslik, 14 ta o‘quv qo‘llanmalar va 150 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.    

Professor vazifasini bajaruvchi Matkarim Ibragimov bakalavr va magistrlarga “Elektrlashtirish tizimlarini kompleks loyihalash ” va “Issiqlik elektr energiyasidan samarali foydalanish” hamda “Elektrotexnologiya”lar fanlaridan maʼruza, amaliy va laboratoriya  mashg‘ulotlarni yuqori saviyada o‘tkazib kelmoqda.   

Prof. v.b Matkarim Ibragimov rahbarligida 1 ta texnika fanlari nomzodi va 1 texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori tayyorlangan. Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligini turli sohalarida elektr energiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha 2 ta tayanch doktorant va 1 mustaqil tadqiqotchilar muvaffaqiyatli ishlarni olib bormoqda.       

Ustoz, bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin hamisha sog‘u omon bo‘ling.

         Universitet matbuot xizmati