TIQXMMI yangiliklari

img
25.09.2023

Ustozlarni qutlab

Oliygohlarning professor-o‘qituvchilari va ilmiy-ijodiy ziyolilarni bugun biz intilayotgan Uchinchi Renessansning tayanch ustunlari deb eʼtirof etmoqdamiz. Shundan kelib chiqib, ularning hurmat-eʼtiborini oshirish, xususan, muallim va ustozlarning qadri, shaʼni va g‘ururini tiklash, mashaqqatli va sharafli mehnatini moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni albatta yangi pog‘onaga ko‘taramiz, degandilar muhtaram Prezidentimiz.  

Hozirgi kunda shogirdlari va hamkasblarining eʼtiboriga tushgan ustozlardan biri “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasida dotsenti Usmanov Nail Kayumovichdir.

O‘zining yarim asrga yaqin mehnat faoliyatida 4 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya hamda 110 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.   

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining “Suv xo‘jaligi aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi Farmoniga asosan esa “Mexnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan ustozimiz Nail akani “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan universitetimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklay turib ularga sihat-salomatlik, metindek iroda va hamma yaqinlari baxtiga doimo omon bo‘lishlarini tilab qolamiz.

         Universitet matbuot xizmati