TIQXMMI yangiliklari

img
22.09.2023

Ustozlarga qutlov!

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasini davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirishga qaratilgan, oilada farzand tug‘ilganidan boshlab, kamolot yoshiga yetgunga qadar uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishiga xizmat qiladigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratilayotganini Davlatimiz rahbari taʼkidlayotgan ekanlar bu boradagi masʼuliyat ustozlar, murabbiylar zimmasiga tushishi aniq. Shuning uchun ham o‘qituvchilarni qancha eʼzozlasak, baribir kamdek ko‘rinaveradi.

O‘z kasbiga alohida eʼtiborli ustozlardan biri  Texnika fanlari doktori, dotsent Samiyev Luqmon Nayimovichdir.

Respublikamiz bo‘ylab bo‘lib o‘tayotgan bir qator loyihalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib turli yutuqlarga erishib kelayotgan “HydroLeaders” jamoasi tashkilotchisi va rahbari. Shu kunga qadar “HydroLeaders” jamoasidagi ilmiy ihtiro bilan shug‘ullanadigan bir qator iqtidorli talabalarga o‘z maslahatlarini berib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib kelmoqda. Fakultet talabalari tomonidan o‘zining mehnati, tinimsiz izlanishlari ortidan hurmat qozongan, o‘ziga nisbatan talabchan, yangi inavatsion g‘oyalarni doimiy ravishda o‘z shogirdlari bilan baham ko‘radigan ochiq ko‘ngil va samimiy uztozni “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan samimiy qutlab jamoamiz nomidan ularga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaymiz.

Universitet matbuot xizmati