TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2023

Ustoz xonadonida bo'lishdi

Xalqimizda yaxshi bir an’analardan biri ustozlarni yod olish, ularni holidan xabardor bo’lishdir. Ayniqsa, ular keksalik gashtini surayotgan bir davrda shogirdlari tomonidan eslansa xursandchilik o’n barobar oshadi. "Professional ta’lim" kafedrasining dotsentlari D.Muqumova, R.Fayzullaev hamda assistent A.Jumanovlar kuni kecha kafedrada uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan, pedagoglik sirlarini yoshlarga o‘rgatishda o’z mehnatlarini ayamagan ustozimiz Rinat Sultanov xonadoniga tashrif buyurdilar. Rinat Sultanov nafaqat ustozlik qilish bilan bir qatorda kafedradagi shogirdlarga hayot yo’llaridagi turli munosabatlarda ham sirdosh va suyanchiq bo’lib kelganlar. Ustozning umrlari uzoq bo’lsin!

              Universitet matbuot xizmati