TIQXMMI yangiliklari

img
08.02.2024

Ustoz va sнogird munosabatlari

Ustoz shogirdlik an'anasi tufayli, iqtidorli ustoz oʻz maktabini yaratadi, oʻzidan keyin bilimdon, iste'dodli shogirdlar qoldiradi, uning hayoti, umri    samarli oʻtgan boʻladi. Ma'lumki, bu dunyoning rivojlanishida, insoniyatning taraqqiy etishida ustozning oʻrni beqiyos. Dono xalqimiz “Ta'lim bergan ustozingga rahmat”, "Ustoz-otangdek ulugʻ", “Usta boʻlsang ustozingni unutma” deb bejiz aytishmagan. Ustoz soʻzi oʻzbek tilining izohli lugʻatida yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi, tarbiyalovchi, murabbiy, rahnamo, oʻqituvchi, muallim degan ma'nolarni anglatadi deyiladi. Ko‘p yillardan buyon universitetimizda davom etib kelayotgan “Ustoz-shogird” an’anasi iqtidorli talabalarni tarbiyalashda katta xizmat qilib kelmoqda.  "Yer resurslari va kadastr" fa’kulteti 1- bosqich talabalari Qodirova Shakhzoda, Egamqulova Feruza, Mirzaakbarov Ozodbek va Amirillaev Shahboz "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnalida o‘zlarining dastlabki ilmiy maqolalarini himoya qilishib, sertifikat va mualliflik guvohnomalari bilan taqdirlandilar.

Universitet matbuot xizmati