TIQXMMI yangiliklari

img
30.01.2024

Ustoz -shogird uchrashuvi

2024 yil 30 yanvar kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi kafedrasi professori, t.f.n M.Ibragimov  “Ustoz-shogird ” tizimi bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda hozirgi davrda hayotimizni ilmsiz va yangi zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur etish qiyinligi mavzusida ajoyib davra suhbati olib borildi. Uchrashuvda talabalarga yangi innovatsion ishlanmalar va g‘oyalar qanday shakllantiriladi va uning bosqichlari qay tartibda bo‘lishi  haqida maslahatlar berildi.