TIQXMMI yangiliklari

img
26.01.2024

Ustoz-shogird uchrashuvi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi yosh stajer-o‘qituvchisi Inog‘omov Himolaxon Sunnatilla qizi o‘zining “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha biriktirilgan talabalari bilan ilk marotaba uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda talabalarga universitetimizda ta’lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlandi. “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasida tashkil etilgan “Digital world” to‘garagi tashkil etilganligi ta’kidlandi. Hamda ushbu to‘garakga qatnashish orqali mutaxasisslik darslarida o‘rganayotgan bilimlarini yanada mustaxkamlash imkoniyati mavjuligi haqida tushuntirildi.

Universitet matbuot xizmati