TIQXMMI yangiliklari

img
09.04.2024

Ustoz-shogird uchrashuvi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “ET va QTEM” kafedrasi professori  Muzafarov Shavkat Mansurovich  o'zining  “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha biriktirilgan talabalari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Talabalar bilan “Elektr xavfsizligining normalari va qoidalari” mavzusi bo‘yicha suhbatlashdilar.  Elektr xavfsizligi bo'yicha suhbat davomida ustoz  talabalarga   elektr tizimlarni to'g'ri ishlatish va xavfsizlikni ta'minlash uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarini berib o’tdilar.  Uchrashuv savol javobga boy tarzda o'tdi.

Universitet matbuot xizmati