TIQXMMI yangiliklari

img
06.04.2024

Ustoz-shogird uchrashuvi

Kuni kecha “Elektr ta‘minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi assistenti Qobilov Rahimjon Komiljon o‘g‘li  o‘zining  “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha biriktirilgan talabalari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Talabalarga bugungi kunda keng foydalanilib kelayotgan zamonaviy quyosh panellari va shamol energetik qurilmalarining  istiqbollari to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar tushuntirildi. 

Ularga quyosh panellari turlari, ularning ishlash prinsipi, o‘rnatish va ta’minlash jarayoni, energiya ishlab chiqarish miqdori bilan bog‘liq bo‘lgan faktorlar ko‘rsatib o‘tildi. Quyosh panellari va shamol energetik qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Universitet matbuot xizmati