TIQXMMI yangiliklari

img
01.04.2024

Ustoz-shogird uchrashuvi

2024-yil 1-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “ET va QTEM” kafedrasi texnika fanlari doktori  Qodirov Dilshod Botirovich  o‘zining  “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha biriktirilgan talabalari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Talabalar bilan “Zamonaviy quyosh panellari” mavzusi bo‘yicha suhbatlashdilar.  Ularga quyosh panellari turlari, ularning ishlash prinsipi, o'rnatish va ta'minlash jarayoni, energiya ishlab chiqarish miqdori bilan bog'liq bo'lgan faktorlar tushuntirildi. Quyosh panellarini o'rnatish va ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Uchrashuvda talabalar o‘zining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Universitet matbuot xizmati