TIQXMMI yangiliklari

img
27.02.2024

Ustoz-shogird uchrashuvi

2024 yil 27 fevral kuni “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi dotsenti Matchonov Oybek Qo‘chqarovich “ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha o‘ziga biriktirildan talabalar bilan suhbatlashdi. Uchrashuv davomida bitiruvchi kurs talabalariga yangi ilmiy-texnik yechimlarga asoslangan g‘oyalarni ishlab chiqish, kelajakda ta’limni magistratura yo‘nalishlarida davom ettirish va ilmiy ishlarda hozirgi muammolarning yechimlarini topishga qaratish bo‘yicha muhokamalar  qilindi.