TIQXMMI yangiliklari

img
12.02.2024

Ustoz shogird tizimi amaliyot davomida

2024-yil 9-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “ET va QTEM” kafedrasi dotsenti  Izzatillayev Joʻrabek Olimjonovich oʻzining 410-guruh talabalari bilan birgalikda Rossiya Federasiyasining “EKRA” korxonasi tomonidan olib kelingan zamonaviy tajriba stendida “Yuqori kuchlanishli motorlarni ishga tushish momentini aniqlash” mavzusida mustaqil tarzda sinov tajriba ishi oʻtkazdilar. Olib borilgan tadqiqot yakunlariga koʻra, talabalar yuqori kuchlanishli motorlarni ishga tushirish vaqtida ortiqcha yuklanishlardan himoya qilish va sodir boʻluvchi o’tkinchi jarayon toʻgʻrisida yaqqol tasavvurga ega boʻldilar.

Elektr taʻminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalarikafedrasi stajyor oʻqituvchisi  Sh.Jumanazarov  axboroti

Universitet matbuot xizmati