TIQXMMI yangiliklari

img
09.04.2024

Ustoz-shogird” tizimda talabalar bilan uchrashuv

Universitet rektorining 2023-yil 28-sentyabrdagi “Energetika" fakultetining 2-3-4-kurs talabalarini ustozlarga biriktirish to‘g‘risida”gi 275-a/f-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha biriktirilgan talabalar bilan muntazam ravishda ushrashuv tashkil etilmoqda. Тalabalarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil qilish” mavzusida “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi dotsenti Raxmonov Sherkul o‘zining shogirdlar bilan ushrashuvini o‘tkazdi.  Uchrashuvda Talabalarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi uchun ularni qiziqqan fan toʻgaraklariga, sport toʻgaraklariga jalb qilish, ular ishtirokida  madaniy ma’rifiy tadbirlar tashkil qilish, soxaning taniqli olimlari, shoirlar va mashhur  tadbirkorlarni taklif  qilib uchrashuvlar tashkil qilish, Respublikamiz va dunyoda bo‘layotgan voqea va hodisalar to‘g‘risida suhbatlashildi. Talabalarga o‘quv va ilmiy yo‘nalishda maslahatlar berildi hamda kim ilmiy yoʻlda ketishi yoki ishlab chiqarishda ishlashi bo’yicha fikrlari tinglandi. Talabalar o‘zini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Yuqori kursdagi talabalar o’z maqsadlari sari yo’lda davom etishlari uchun barcha sharoitlar borligi takidlandi.