TIQXMMI yangiliklari

img
20.01.2024

Ustoz-shogird an'anasi

Joriy yilning 19 yanvar kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova boshchiligida "Ustoz shogird" mavzusida fakultetning ayol-professor o'qituvchilari bilan talaba yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirda o'qituvchilar talabalarga mehnat faoliyatida erishgan yutuqlari   haqida gapirib  berdi. Shuningdek, talaba qizlarning shaxsiy rivojlanishi, oldiga qo'ygan maqsadlariga yetishishi bo'yicha tavsiyalar va ko'rsatmalar berildi.

"GTQ" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova axboroti

Universitet matbuot xizmati