TIQXMMI yangiliklari

img
14.09.2023

Ustoz - shogird an'analari

Joriy yilning 12-sentabr kuni birinchi bosqich talabalarini ilmiy faoliyatga jalb qilish maqsadida guruh tyutori Abdullayev Botir tashabbusi bilan "TJICHAB" yo'nalishi talabalari "Energetika" fakultetining izlanuvchan, iqtidorli talabalaridan tarkib topgan "Autonomous" jamoasi bilan uchrashishdi.

 

Bu uchrashuvda jamoa rahbari "Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish" kafedrasi katta o'qituvchisi Nig'matov Azizjon Mahkamovich jamoa haqida, uning tarixi, turli xil tanlovlar, startap loyihalar haqida tushuntirishlar berib o'tdi. Ochiq dars mobaynida talabalar o'zlariga kerakli xulosalarni olishdi. Loyihasi borlar esa loyihani qanday qilib ideal holatga keltirish kerakligi haqida jamoa asoschisi Nigʻmatov Azizjon ustozdan maslahatlar olishdi. Ustozga shogird tushish istagidagi talabalarimiz qaroridan shodlandik. Ilmiy salohiyati yuksak va yaratuvchan, izlanuvchan yoshlar jamiyat taraqqiyoti uchun doimo kerak. Zero, rivojlanib borayotgan yurtimizning kelajagi ham aynan izlanivchan hamda oʻz ustida ishlashdan tonmaydigan yoshlardir. Uchrashuvni tashkillashtirgan jonkuyar tyutor B. Abdullayev hamda ustoz A. Nigʻmatovga tashakkur aytgan holda 1-bosqich talabalariga oʻqish davomida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

"Energetika" fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati