TIQXMMI yangiliklari

img
06.05.2023

Unutmas meni xalqim

Joriy yilning  4may kuni "TIQXMMI" MTU "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori X.Saidova boshchiligida fakultetning faol talabalari bilan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o'tgan insonlarni yod etish maqsadida "G'alaba bog'i"ga tashrif uyshtirildi.

Prezidentimiz tomonidan "G'alaba bog'i" 2020yili barpo etildi. "G'alaba bog'i" majmuasi va uning hududida joylashgan ikkinchi jahon urush davridagi holati aks etilgan. "Shon sharaflar" davlat muzeyidagi urush va uning oqibatlari, xarbiy texnika, O"zbekiston xalqining front va front ortida ko'rsatgan jasorati, mashaqqatli mehnati , tarixiy fakt va voqealar o'z ifodasini topgan.

Talabalar bu tashrifdan olam-olam zavq olishib, o'zlariga kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

"Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori X.Saidova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati