TIQXMMI yangiliklari

img
07.05.2024

Universitetimizda maktab bitiruvchilari uchun xalqaro xamkorlik imkoniyatlari tog’risida targ’ibot-tashviqot uchrashuvi

Joriy yilning 2 may sanasida 'TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Iqtisodiyot" fakulteti, "Ingliz tili" kafedrasi tomonidan “Ochiq Eshiklar Kuni" tadbiri tashkil qilindi. Universitetimizga Piskent tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan Umumta'lim Maktabi hamda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari tashrif buyurishdi. Mazkur tadbirini universitetimizning O'quv ishlari bo'yicha prorektori Prof.B.A.Xudayorov ochib berib, universitetimizda mavjud ta'lim yo'nalishlari haqida maktab bitiruvchilariga batafsil ma'lumot berdi. Shuningdek, "Iqtisodiyot" fakulteti dekani dotsent U.Z.Alimov tashrif buyuruvchilarga fakultetda amalga oshirilayotgan ishlar, jamiyatda iqtisodchilarning egallagan o'rni haqida to'xtalib o’tdi.

"Ingliz tili" kafedrasi mudiri B.B.Isroilova tashrif buyurgan maktab raxbarlari va o'quvchilariga hamkorlikda olib borilishi rejalashtirilgan ishlar haqida to'xtalib, bu boradagi ishlar salmog'ini kengaytirish bo'yicha oz fikrlarini bildirib o'tdi.

So'ngra “Ingliz tili" kafedrasi dotsenti G.E.Eshchanovanining "TIQXMMI" Milliy Tadqiqot Universitetidagi bakalavriatura va magistratura ta'lim yo'nalishlarida mavjud mutaxasisliklar, univesitetning halqaro maydondagi o'rni, xorijiy oliy talim muasasasalari bilan hamkorligi va xalqaro stipendiyalar tanlovlari haqidagi tadimoti tinglandi. Universitetimiz haqidagi videorolik barchaga manzur bo'ldi, tadbir qizg'in savol javoblarga bo'y bo'ldi.   

Shuningdek, tashkil qilingan seminar-treyning davomida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurgan maktablar bitiruvchilariga “Hungarian Scholarship” tanlovi bo’yicha ma’lumot berildi. Tadbirda “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti v.b. Go’zal Eshchanova Vengriyaning Obuda Universiteti tog’risidagi taqdimoti tinglandi, universitetda mavjud ta’lim yo'nalishlari va xalqaro tajribani egallashda iqtidorli va xorijiy til ko’nikmalariga ega bo’lgan o’quvchilarga yetarli imkoniyatlar haqida va tanlov ishtirokchilarilaridan minimum B2 (IELTS 6) sertifikatiga ega bo’lish talab etilishini tushuntirib o'tildi.

Tadbir ishtirokchilari Xalqaro Stipendiya tanlovining bosqichlari, IELTS sertifikatlarini qo’lga kiritish va xalqaro platformaga kerakli hujjatlar bo’yicha savollariga to’liq javoblar olishdi. Maktab o’quvchilarining Vengriyada taxsil olish bo’yicha ingliz tilida olib borgan muloqotlari va dolzarb masalalar bo’yicha qiziqtirgan savollari maktab o’quvhcilarining yuqori potentialga ega ekanliklarini yorqin ifodasi edi.

Maktab bitiruvchilariga universitetmizning xalqaro xamkorlik imkoniyatlari haqida targ’ibot-tashviqot uchrashuvi doirasida, universitet bo’ylab tur tashkil qilindi. Tadbirda barcha ishtirokchilar uchun universitet bo'ylab tur tashkil qilindi, Axborot-resurs markazi, Abdulla Oripov nomidagi universitet muzeyi, Clusster Innovatsion Markazi va IELTS imtixoni tashkil qilinadigan maskanlarga tashrif uyushtirildi.  

Umid qilamizki, bu yoshlar ichidan kelgusida bizning universitetimizda taxsil olish va talaba baxtiga musharraf bo'luvchilar soni yildan yilga ortadi.