TIQXMMI yangiliklari

img
02.12.2023

Universitetimizda "Rektor Granti" talabalar tanlovi o’tkazildi

    Joriy yilning 19 noyabr sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Cluster Innovatsion Markazi” da barcha fakultetlarning bakalavr bosqich talabalari uchun “Rektor granti” tanlovi o’tkazildi.

    Tanlovda ishtirok etish shartlari bo’yicha “Cluster Innovatsion Markazi” raxbari PhD Ozodov E’zoz tanishtirib o’tarkan, tanlovda onlayn registratsiyadan o’tgan talabalargina ishtirok eta olihslarini yana bir marotaba ta’kidlab o’tdi.

   Tanlov shartlaridan biri Conversation (Og’zaki suxbat) bo’lib, ushbu turida tanlov ishtirokchilarining ingliz tilida muloqotga kirishish, mavzu doirasida fikrlarini teran ifodalash va kelgusidagi istiqbolli rejalari haqidagi muloxazalari eshitildi.Suxbatni ‘‘Ingliz tili’’ kafedrasi dotsenti  v.b. Go’zal Eshchanova  olib borib, universitetimiz talabalarining xorijiy tildagi ko’nikmalarini baxolashga ma’sullik qildi.

   Shuningdek, tanlov ishtirokchilariga 15 daqiqa ichida erkin mavzuda Essay (Insho) yozish imkoni taklif qilinib, ushbu shartda G.Eshchanova va E.Ozodov talabalar ishlarini baxolashdi.

     “Rektor Granti” tanlovini o’tkazishdan maqsad universtitetmizning "UsSchool Til o'qitish Markazida" tanlov goliblariga bir yillik kurs to’lovlarini  ishtirokchilarining to'plagan ballaridan kelib chiqib 100%, 80% va 60% shaklda universitetimiz rektorining tashabbusi bilan moliyalashtirihsga qaratilgan.Yaqin kunlarda tanlov go’liblarini e’lon qilinishi kutilmoqda. Keyingi tanlovlarda universitetimiz bakalabr talabalarini yanada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.