TIQXMMI yangiliklari

img
06.04.2024

Universitetimiz Xotin qizlar masalalari bo‘yicha Maslahat kengashi a’zolari ingliz tili kursida qatnashishmoqda

Joriy yilning 2 aprel sanasidan boshlab "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Maslahat kengashi a’zolarini ingliz tili ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida “General English” (Umumiy Ingliz tili) kursida dastlabki dars mashg’ulotlari boshlandi. Mazkur kursda universitetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Maslahat kengashi vakillari faol qatnashishmoqda. Mashg’ulotlar offlayn va onlayn shaklda tashkil qilinib, asosiy maqsad professor-o’qituvchilarning og’zaki va yozma nutq ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Kurs qatnashchilariga kurs yakunida sertifikatlar beriladi.

Mazkur kurs “Iqtisodiyot” fakulteti, Britaniya Kengashi ko’magida  universitetda tashkil qilingan ‘‘Kasbiy Rivojlantirish Markazi” ning   B-korpusdagi filiali, 2-qavat, 226-xonada tashkil qilingan. Mashg’ulotlarni “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Go’zal Eshchanova olib borayotgan bo’lib, kurs qatnashchilarining xalqaro maydondagi mavqeyini oshirish, universitetimizda tashkil qilinadigan xorijiy tadbirlarda xorijiy ekspertlar bilan ingliz tilida muloqot qilishlariga erishishdir. Mashg’ulotlar xaftaning seshanba va payshanba kunlari olib borilmoqda. Kurs davomida xorijiy ekspertlar bilan online webinarlar ham rejalashtirilgan bo’lib, bu kabi yondashuv universitetimiz olima ayyollarini xorijiy til ko’nikmalarini rivojlantitirishga va ilg’or tajribalarni egallashlariga yordam beradi.

Kurs qatnashchilarini universitetimizning “Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Maslahat kengash” Raisi Professor Ismailova Zuxra Karabayevna boshchiligidagi olima ayyollar va faol tyutorlar tashkil qiladi.

Esatib o’tamiz, ushbu tashkil qilingan Umumiy Ingliz tili kursi 2,5 oy davom etib, kurs qatnashchilariga kurs yakunida sertifikatlar beriladi.