![img](https://tiiame.uz/sites/default/files/photo_2024-02-19_10-23-30.jpg)
Universitetimiz qoshidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Hungarian Scholarship” tanlovi bo’yicha seminar-trening o’tkazildi
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Hungarian Scholarship” tanlovi bo’yicha maktab o’quvchilariga a seminar-trening tashkil qilindi. Tadbirni ixtisoslashtirilgan maktab direktori Kubyashev Kurash ochib berdi va hozirgi kundagi o’quvchilar uchun mavjud keng imkoniyatlarga batafsil to’xtalib o’tdilar.Seminar treningni universtet o’qituvchilari Go’zal Eshchanova, Marg’uba Xudaybergenova,Ulug’bek Nulloyev va Doniyor Ergashevlar tashkil qilishdi.
Seminar-treningda “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti v.b. Go’zal Eshchanovani Vengriyaning Obuda Universiteti tog’risidagi taqdimoti tinglandi, universitetda mavjud ta’lim yonalishlari va xalqaro tajribani egallashda iqtidorli va xorijiy til ko’nikmalariga ega bo’lgan o’quvchilarga yetarli imkoniyatlarga batafsil toxtalib o’tildi.
Shuningdek, tadbirda universitetning yaqin hamkori bo’lmish Vengiyaning Obuda Universitetida ‘Hungarian Scholarship” (Vengriya Stipendiyasi) xalqaro tanlovi orqali maktab bitiruvchilari bakalavriatura va magistraturaning turli ta’lim yo’nalishlarida grant asosida bir o’quv yiliga yoki butun kurs davomida taxsil olish imkoniyatlari haqida to’xtalib o’tdi va tanlov ishtirokchilarilaridan minimum B2 (IELTS 6) sertifikatiga ega bo’lish talab etilishini tushuntirib ot’ildi.
Tadbir ishtirokchilari Xalqaro Stipendiya tanlovining bosqichlari, IELTS sertifikatlarini qo’lgakiritish va xalqaro platformaga kerakli hujjatlar bo’yicha savollariga to’liq javoblar olishdi.Maktab o’quvchilarining Vengriyada taxsil olish bo’yicha ingliz tilida olib borgan muloqotlari va dolzarb masalalar bo’yicha qiziqtirgan savollari maktab o’quvhcilarining yuqori potentialga ega ekanliklarini yorqin ifodasi edi.