TIQXMMI yangiliklari

img
16.10.2023

Universitetimiz professori Belorusiyada talabalarga ma’ruza qildi

       Yanka Kupala davlat universiteti Biologiya va ekologiya fakultetida “Professor tashrifi” dasturi doirasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori professor Tursunov Obid Boboqulovich tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 1-7 oktabr kunlari Kupala universitetida fakultetida “Professor tashrifi” dasturi doirasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi professori Obid Tursunov ma’ruzalar o‘qidi.

      Obid Tursunov Biologiya-ekologiya fakultetining “Ekologiya” va “Biologiya” mutaxassisliklari magistr talabalari bilan “Iqlim o‘zgarishiga ekotizimlarning moslashuvi” fanidan mashg‘ulotlar olib bordi. Professor “Biologiya va ekologiya” fakulteti talabalari va xodimlariga organik chiqindilarni qayta ishlash, karbonat angidridni katalitik ravishda metanolga aylantirish va metanolni (benzin, etilen, aromatik birikmalar) keyingi konversiyalash mahsulotlari bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazdi.

      “Ekologiya” kafedrasi xodimlari bilan uchrashuvlar chog‘ida professor fakultetning ilmiy va o‘quv laboratoriyalari bilan tanishdi, shuningdek, ekologik biotexnologiya va bioenergiya yo‘nalishida qo‘shma ilmiy-tadqiqot va loyiha faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi. Kupala universiteti rektori Irina Kiturko, birinchi prorektor Aleksandr Karevskiy, ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i Anton Glazev, texnologiyalar transferi markazi rahbari Yelena Opekun va “Biologiya va ekologiya” fakulteti dekani Natalya Bashun bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ta’lim, ilmiy va innovatsion faoliyatda kelgusida hamkorlik qilish yo‘nalishlari muhokama qilindi. To’liq ma’lumotni Yanka Kupala davlat universitetining quyidagi havolasidan olishingiz mumkin: https://www.grsu.by/component/k2/item/47660-priglashennyj-professor-nedelyu-trudilsya-na-fakultete-biologii-i-ekologii.html

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi stajyor oʻqituvchisi R.Qobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati