TIQXMMI yangiliklari

img
16.05.2023

Universitetga tashrif

2023 yil 12-mayda Toshkent viloyati Piskent tumanidagi  37- sonli maktab direktori V.Qodirova rahbarligida  bir guruh maktab o’qituvchi va o’quvchilari universitetga tashrif buyurishdi. Davlatimiz rahbarining shu 2021 yil 6 noyabrdagi “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida tahlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni tahlim sohasidagi keng ko’lamli islohotlarni yangi bosqichga ko’tardi.

Ushbu hujjat, ayniqsa,  maktab va oliy tahlim muassasalari hamkorligini rivojlantirish, ular o’rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Undan tashqari Universitet bilan birgalikda yo’l xaritasi ishlab chiqilgan. Ushbu xaritasi asosida hozirgi kunda  biriktirilgan maktablar bilan birgalikda ish olib borilmoqda.  Tashrif buyurgan o’quvchilari bilan yig’ilish o’kazildi. Ushbu yig’ilishda Yer resurslarini boshqarish kafedrasi profesor-o’qituvchilari va fakulg’tet dekani dots. SH.Narboev qatnashdilar.

Tashrif buyurgan maktab o’quvchilarga Yer resurslar va kadastr fakulg’teti dekani dots. SH.Narboev universitetimizda yaratilgan shart-sharoitlar to’g’risida malumot berib o’tdi. Shundan so’ng universitetimizda yaratilgan shart-sharoitlar bilan ekskursiya uyushtirildi.

Yer resurslarini boshqarish kafedrasining katta o’qituvchisi  Z.Xafizova  axboroti