TIQXMMI yangiliklari

img
07.09.2023

Universitetda “O‘zbekiston-Xitoy qishloq xo‘jaligida suvni samarali tejaydigan irrigatsiya texnologiyasini o‘qitish kursi” mavzusida O‘zbek - Xitoy xalqaro o‘quv seminari tashkil etildi

2023 yil 7-14 sentyabr kunlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida “O‘zbekiston-Xitoy qishloq xo‘jaligida suvni samarali tejaydigan irrigatsiya texnologiyasini o‘qitish kursi” mavzusida O‘zbek - Xitoy xalqaro o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbir sanasi: 7-14 sentyabr 2023 y., soat 09:00-17:00

Tadbir o‘tkazilish joyi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti B – bino, 4 ma’ruzalar zalida.


Tadbir tashkilotchilari: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti, Xitoy xalq Respublikasining Fan va texnologiyalari vazirligining Xalqaro hamkorlik departmenti, Xinjiang Tianye Water Saving irrigation Co, Ltd. .

Tadbir ishtirokchilari: O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Xitoy xalq Respublikasining Fan va texnologiyalari vazirligining Xalqaro hamkorlik departmenti, Xinjiang Tianye Water Saving irrigation Co, Ltd. Tashkiloti vakillari, Shihezi universiteti professor-o‘qituvchilari.

Xalqaro o‘quv seminarining maqsadi, iqtisodiyot sohalari qatori qishloq xo‘jaligi sohasining suvga bo‘lgan talabini qondirish, suv resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish, ularni muhofaza qilish, suvni iste’molchilarga yetkazib berishni tashkil etish, suv tejamkor texnologiyalarni amaliyotga joriy etish.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda suvni tejovchi xitoy texnologiyalarini o‘rni va ularning afzalliklari bo‘yicha o‘zlarining tajribaviy xulosalarini bildirdilar.  Hozirgi kunda O‘zbekistonda ushbu texnologiyalarni  keng miqyosda joriy qilishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zlarining fikrlarini bildirishdi.

Universitetimiz rektori prof. B.Mirzaev so‘zga chiqib Universitetimizda sentyabr oyini xitoy kunlari deb belgilasak urinli deb o‘ylayman. Sentyabrning 1-xaftasida 3 ta xitoy universitetilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Universitetimiz bilan xitoy davlatidagi tashkilotlar va universitetlar o‘rtasida yildan yilga ortib boryotganligini ko‘rishimiz mumkin. Xususan 20-23 sentyabr kunlari Universitetimiz jamoasi Xitoyga tashrifi ko‘zda tutilgan. Bu ham juda katta hamkorlikni rivojlanishi deb uylayman.

O‘zbekiston-Xitoy xalqaro o‘quv kursini ochiq deb e’lon qilishdi. Seminardan Xitoy xalq Respublikasidan kelgan professor-o‘qituvchilar va etuk mutaxassislar bilan birga Universitetimiz professor-o‘qituvchilari ham o‘quv seminarida o‘zlarining taqdimotlari bilan qatnashadilar. Seminarda qishloq xo‘jaligida suv tejamkor yuqori samarador irrigatsion texnologiyalarni qo‘llash va ularni amaliyotga joriy etishdagi muammolar va yechimlar to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar olishlari mumkin bo‘ladi.