TIQXMMI yangiliklari

img
20.12.2023

Universitetda “Gruntli to‘g‘onlarning zilzilabardoshliligini baholash uchun seysmik platforma” ning taqdimoti o‘tkazildi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida O’zbekiaton Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 30 maydagi PF-144-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Gruntning namlanganlik va chiziqsiz filtratsiyani xisobga olgan holda gruntli to‘g‘onlarning mustahkamlik ishonchliligini baholash nazariyasi va usullarini ishlab chiqish” bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy tadqiqot loyihalari olib borilmoqda.

Olib borilgan tadqiqotlar natijasida gruntli inshootlar, suv omborlarining to‘g‘onlari, asos va poydevorlarni zilzilabardoshlik bo‘yicha zamonaviy raqamli hisoblash usullari va dasturlari (Ansys, Plaxis, Abaqus va boshqalar) yordamida baholashga mo‘ljallangan “Suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining zilzilabardoshliligini baholash” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan. 2023 yilda gidrotexnika sohasida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha universitetda respublikada ilk bor “Gruntli to‘g‘onlarning zilzilabardoshliligini baholash  uchun seysmik platforma” qurilmasi yaratilib, 20 dekabr kuni ushbu qurilmaning aniqligi, ishga tushirish va faoliyatini boshlashga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda universitet rektori, O’zbekgidroenergo AJ, Innovatsion rivojlanish agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi raxbar o‘rinbosarlari va mutaxassislari,   O’zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, G’.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti, Respublika muhandislik qidiruvlari va laboratoriya tadqiqot markazi, Toshkent arxitektura qurilish universiteti olimlari ishtirok etishib, batafsil muxokama etildi. Natijada qurilmadan birgalikda foydalanish va ilm-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida ilmiy hamkorlik qilish masalalari kelishib olindi.

Ma’lumot o‘rnida:  “Suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining zilzilabardoshliligini baholash” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi Innovatsion rivojlanish agentligi, Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 2 mlrd so‘mga yaqin moliyaviy mablag‘lari xisobiga zamonaviy maxsus asbob-uskunalar va jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda. Jumladan, ANSYS Academic Research Mechanical litsenziyaga ega dasturiy ta’minoti, Fortimus akselerometr jihozi (3-dona), 10 dan ortiq laboratoriya jihozlar sotib olinib, ishga tushirildi. M.Mirsaidov, T.Sultanovlar tomonidan “Girotexnika inshootlarining seysmik mustahkamligi” fani bo‘yicha zamonaviy darslik tayyorlanib, 2023-yilda 8 ta bob, 450-bet iborat qilib nashr qilindi.

 

Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘limi ma’lumoti