TIQXMMI yangiliklari

img
29.05.2023

Universitet yoshlar ittifoqi yetakchilari Zominda

Joriy yilning 29-31-may kunlari Jizzax viloyati Zomin oromgohida respublikadagi barcha oliy ta'lim muassasalari boshlang'ich tashkilot yetakchilari uchun "Yetakchilar forumi" o'tkaziladi. Forum davomida yetakchilarga  soha mutaxassislari tomonidan o‘quv-seminar va uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu forumda ''TIQXMMI" MTU Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi X.Tojiyev bevosita ishtirok etmoqda. Forumda xususan, yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish, oliy ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash, taym menejment va boshqaruv psixologiyasi kabi dolzarb mavzularda zaruriy bilimlar beriladi.

Forumda respublikamizdagi barcha davlat, nodavlat va xalqaro oliy ta'lim muassasalarining yoshlar yetakchilari ishtirok etmoqda - deya xabar berdi Respublika yoshlar ittifoqi rasmiy kanali.