TIQXMMI yangiliklari

img
25.02.2024

Universitet rektori talabalar turar joyida talabalar bilan

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rahbariyati 2024-yilning 24-fevralidan 25-fevraliga o‘tar kechasi Universitet   talabalar turar joyida yashayotgan ijtimoiy ahvoli og‘ir  bo‘lgan talaba qizlarning har biri bilan individual suhbatlashib ularga moddiy yordam ko‘rsatish, kasbga o‘rgatish, fanlarni o‘zlashtirishga qiynalgan talabalar uchun qo‘shimcha dars mashg‘ulotlarini tashkil qilish, tibbiy muolajaga ehtiyoji mavjud bo‘lgan talaba-qizlar va dori darmon xarid qilishlari uchun universitetning byudjetidan tashqari mablag‘i hisobidan 30,600 mln so‘m moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha hujjatlar rasmiylashtirildi.

Eslatma: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori Mirzayev Bahodir Suyunovich har oyning so‘ngi shanbasidan yakshanbaga o‘tar kechasi talabalar turar joyida bo‘lishi va ular bilan muloqot qilish uchrashuvi belgilangan.